English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz xalqaro turnir finaliga yo‘llanma oldi
12:14 / 2016-11-04

Iste’dodli tennischimiz Sanjar Fayziyev Kuvaytda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Iste’dodli tennischimiz Sanjar Fayziyev Kuvaytda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Sanjar yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida ruminiyalik Andrey Patruyni 6:0, 6:1, chorak finalda turkmanistonlik Iso Mametguliyevni 5:7, 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. U yarim finalda germaniyalik Daniel Altmayyerga qarshi kortga chiqadi.

S.Fayziyev juftlik bahslarida yana bir tennischimiz Shonig‘mat Shofayziyev bilan dastlabki davrada eronlik Hamid Reza Nadaf va Anusha Shaxgoli, chorak finalda mezbon tennischilar Abdulrahmon Alavadxi va Abdulhamid Muborak, yarim finalda fransiyalik Ronan Jonkur va livanlik Jovani Samaxa ustidan zafar quchdi.

Sanjar va Shonig‘mat final bahsida germaniyalik Daniel Altmayyer va shvetsiyalik Fred Simonsson bilan raqobatlashadi.