Tennischilarimiz AQSH kortlarida
Indian-Uels shahrida (AQSH) ayollar o‘rtasida WTA 1000 toifasiga kiruvchi “Indian Wells Open” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Unda hamyurtimiz Kamilla Rahimova asosiy to‘r bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Kamilla mazkur bosqichga yo‘llanma beruvchi saralashning final bosqichida yana bir vakilamiz Mariya Timofeyeva bilan raqobatlashdi. Uchrashuvda hisob 4:6, 5:4 bo‘lib turgan vaziyatda Mariya bahsni davom ettira olmasligini aytdi.
Shu tariqa asosiy to‘rning birinchi davrasiga chiqqan Kamilla Rahimova ushbu bosqichda kanadalik Bianka Andresku bilan kuch sinashadi. Agar bu to‘qnashuvda tennischimiz g‘alaba qozona olsa, ikkinchi davrada amerikalik Koko Gauf bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA