Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischi qizlarimiz xalqaro turnirning chorak finaliga chiqdi
14:01 / 2025-08-20

Farg‘onada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J100 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqa o‘tkazilmoqda. Turnirning navbatdagi kunida qizlar orasida yakkalik va juftlik bahslari tashkil etildi.

Yakkalik bellashuvlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina Alimova ilk bosqichda neytral tennischi Yekaterina Voronovani 6:4, 4:6, 6:4, ikkinchi davrada qozog‘istonlik Adiya Omarbekni 7:6, 6:3 hisobida taslim etib, chorak finalda neytral tennischi Aleksandra Malova bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Juftlik bahslarida Madinaxon Solijonova hindistonlik Kartika Padmakumar bilan tandem hosil qilib, birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi va yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Albina Kakenova hamda Satima Toregenga qarshi kortga tushish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, chorak finalda Shahzoda Ortiqboyeva hamda neytral tennischi Mariya Masliakova dueti neytral tennischilar Yuliya Liaxava hamda Vlada Razina juftligiga qarshi kortga chiqadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA