Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischi qizlarimiz Tunis va Misr kortlarida o‘ynamoqda
10:40 / 2024-11-06

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Misr va Tunis mamlakatlarida ayollar o‘rtasidagi W15 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz Diana Yakovleva hamda Milana Maslenkova ishtirok etmoqda.

Misrda o‘tayotgan xalqaro turnirda Diana Yakovleva juftlik bahslarining birinchi davrasida niderlandiyalik Koko Bosman bilan tandemda mezbonlar vakilasi Mariam Atia va Janubiy Koreya sharafini himoya qilayotgan Yeun Li duetini 7:5, 6:1 hisobida taslim etgan holda chorak finalga yo‘l oldi. Endi Diana va Koko yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda neytral tennischilar juftligi Mariya Golovina va Dariya Shadchnevani sinovdan o‘tkazadi.

Shuningdek, Diana Yakovleva musobaqaning yakkalik bahslarida ilk o‘yinda serbiyalik Miryana Yovanovichga qarshi kortga chiqadi.

Tunisning Monastir shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada terma jamoamiz a’zosi Milana Maslenkova juftlik bellashuvlarida moldovalik Yeva Zabolotnaya bilan tandemda Yulya Adams (AQSH) va Luana Plaza (Barziliya) juftligini 4:6, 6:4, 11:9 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Milana hamda Yeva chorak final bosqichida  italiyalik tennischilar Anastasiya Bertakchi va Noyemi Maynes bilan raqobatlashadi.

Mazkur musobaqada Milana Maslenkova yakkaliklar o‘rtasida ham ishtirok etmoqda. Uning birinchi davradagi raqibi niderlandiyalik Madelif Hageman bo‘ladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA