Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischi qizlarimiz Tojikistonda raqobatlashadi
10:06 / 2022-08-18

Joriy yilning 22-27 avgust kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida "Asia/Oceania Group II“ tizimidagi ”Billie Jean King Cup" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston, Bruney, Guam, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari 2 guruhga bo‘lingan holda raqobatlashadi.

Mazkur guruhning har birida 4 tadan terma jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar keyingi turga yo‘l oladi.

Mazkur musobaqada Petr Lebed murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Oqgul Omonmurodova, Aliya Musobekova, Nasiba Espolova, Nasibabonu Qahramonova, Ominaxon Valixonova yurtimiz sharafini himoya qiladi.



Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA