Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischi qizlarimiz Qozog‘istonda bosh sovrinni ko‘zlamoqda
08:27 / 2024-04-16

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda umidli tennischilarimiz ishtirok etmoqda.

Musobaqaning saralash bosqichida hamyurtimiz Dariya Shubina ilk bosqichda qozog‘istonlik Adiya Kenjetayni har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida taslim qildi. Endi Dariya asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun neytral sportchi Ustiniya Lekomseva bilan raqobatlashadi.

Afsuski, Maftunabonu Qahramonova, Madina Davlatova hamda Nasiba Espolova kabi yosh tennischilarimiz saralash bahslarining ilk turida mag‘lubiyatga uchradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA