Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis xabarlari
10:45 / 2024-09-10

Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi J60 tasnifiga kiruvchi “Tajikistan Open” turnirida tennischilarimiz juftlik va yakkalik bahslarida ishtirok etmoqda.

Musobaqaning juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Imron Haytboyev neytral tennischi Arkip Kozlov bilan tandemda chorak finalga chiqdi va ushbu bosqichda ular qozog‘istonlik Ratmir Pulkeyvich hamda neytral tennischi Aleksandr Dojdev bilan raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ilk bosqichda g‘alaba qozongan yosh tennischilarimiz Danila Kvasov va Amir Safoyev chorak finalda neytral tennischilar Fedor Altuxov hamda Artem Bukin tandemiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

***

Tunisda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida W15 toifasidagi xalqaro turnir start oldi. Unda mamlakatimiz sharafini Milana Maslenkova himoya qilmoqda. Tennischi qizimiz musobaqaning asosiy to‘r bellashuvlarining ilk bosqichida yaponiyalik Xiromi Abe bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, mamlakatimizning ayollar o‘rtasidagi birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Fransiya mezbonligida o‘tayotgan W75 tasnifiga kiruvchi “Le Neubourg Open” xalqaro musobaqasining ilk davrasida mezbonlar vakilasi Paulina Payega qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

***

Joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod“ sport majmuasida tennis bo‘yicha “Devis kubogi“ning II Jahon guruhi doirasida O‘zbekiston va Estoniya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Ushbu o‘yinda terma jamoamiz safida Rahimbek Ibrohimov debyut qiladi. Shuningdek, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin va Amir Milushev kabi tennischilarimiz termamiz tarkibidan o‘rin oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA