Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Taliand va Lyuksemburgda xotin-qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning ikki vakilasi ishtirok etmoqda.
Jumladan, Xua Xin shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida W15 tasnifiga kiruvchi musobaqada mamlakatimiz sharafini Sevil Yo‘ldosheva himoya qilmoqda.
Sevil Yo‘ldosheva nufuzli turnirning juftlik bahslarida niderlandiyalik Merel Xoyedt bilan birgalikda ilk davrada hindistonlik Ashmita Esvaramurti va Xitoy Taypeyi vakili Yu-Chen Lin tandemiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 6:2, 6:4 hisobida taslim etdi. Shu tariqa Sevil va Merel chorak finalda mezbon tennischilar: Tarita Hongsyok hamda Pimmada Tongkum raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning yakkalik bahslari birinchi davrasida afsuski, Sevil Yo‘ldosheva tailandlik Kamonvan Yodpetchga 6:1, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, Petanj shahrida tennis bo‘yicha “ITF W75” turnirida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva ham ishtirok etmoqda. U ertaga 20 noyabr kuni turnirning birinchi davrasida ispaniyalik Mariya Martines Vakeroga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA