Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sergey Fominga Antaliya kortlari yoqib qoldi
09:14 / 2025-03-20

Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha o‘tayotgan M15 tasnifidagi nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Sergey Fomin himoya qilmoqda.

Sergey musobaqaning yakkalik bellashuvlarining ilk davrasida belgiyalik tennischi Emiliyen Demanetga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi S.Fomin chorak final ostonasida yana bir belgiyalik tennischi Jak Lorge va eronlik Ali Yazdani bahsi g‘olibiga qarshi kortga tushadi.

Afsuski, tennischimiz juftlik bahslarining ilk bosqichida neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandem hosil qilib, birinchi bosqichda germaniyalik Jon Shperl va Marlon Vankanga 6:4, 3:6, 5:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA