English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sergey Fomin yarim final ostonasida
21:07 / 2025-10-30

Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi turnirda mamlakatimiz sharafini Humoyun Sultonov va Sergey Fomin himoya qilayotgani haqida xabar bergan edik.

Musobaqaning ikkinchi davrasida Sergey Fomin ukrainalik Iliya Marchenko bilan raqobatlashishi kerak edi. Biroq Iliya ushbu uchrashuvni o‘tkazishdan bosh tortib, mag‘lubiyatini tan oldi. Shu tariqa tennischimiz chorak finalga hech qanday qarshiliksiz o‘tdi va yarim final ostonasida malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leongga qarshi o‘yin o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov esa turnirning yakkalik bahslari asosiy to‘ri ikkinchi davrasida avstraliyalik Chase Ferguson bilan raqobatlashadi. 

Juftliklar o‘rtasida Sergey Fomin ispaniyalik Ignasi Forkano bilan tandem hosil qildi va chorak final bosqichida estoniyalik Kristiyan Tamm va malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leong duetiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA