Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sergey Fomin chorak finalda germaniyalik chempion bilan bahslashadi
10:41 / 2025-11-14

Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifasiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik bahslarida chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan tennischilar orasida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o‘rin oldi.

Gap shundaki, mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin turnirning nimchorak finalida ruminiyalik Vladislav Melnik bilan raqobatlashdi. Mazkur to‘qnashuvda tennischimiz raqibini 6:1, 6:2 hisobida talsim etgan holda 1/4 finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi Sergey yarim final ostonasida germaniyalik Nino Exrenshneyderga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Sergey Fomin aynan Bahraynda o‘tkazilgan musobaqada yakkalik bahslarida chorak finalga qadar yetib borgan bo‘lsa, juftliklar o‘rtasida vitse-chempionga aylangan edi. Darvoqe, Nino Exrenshneyder esa yakkalik bellashuvlarida bosh sovringa ega chiqqan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA