Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sanjar Fayziyev va Sabina bosh sovrinni qo‘lga kiritdi
15:48 / 2018-06-04

Andijonda tashkil etilgan tennis bo‘yicha xalqaro turnirda Sanjar Fayziyev va Sabina Sharipova mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Andijonda tashkil etilgan tennis bo‘yicha xalqaro turnirda Sanjar Fayziyev va Sabina Sharipova mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan yuzdan ortiq tennischilar o‘rtasidagi musobaqa O‘zbekiston va Xalqaro tennis federatsiyalari tomonidan o‘tkazildi.

“Fyuchers” turkumidagi musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Sanjar Fayziyev final uchrashuvida turkiyalik Kem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvning birinchi setini tay-brekda o‘z foydasiga hal qilgan Fayziyev, ikkinchi setda 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

– Turnirning barcha bosqichlaridagi raqiblarim kuchli tennischilar edi, – deydi S.Fayziyev. – G‘alaba qozonish oson kechmadi. Lekin ko‘zlagan maqsadimga erishdim.

Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova final uchrashuvida sloveniyalik Kaya Xuvanni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.