Tennis: Polina Kudermetova Antaliyada yana bir bor omadini sinovdan o‘tkazadi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha “WTA Challenger 125” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini Polina Kudermetova himoya qilmoqda.
Ayni damda WTA reytingida 147 pog‘onada borayotgan tennischimiz Polina “Megasaray Hotels Open” turnirida ilk bahsini ispaniyalik Zuleta Maristaniga qarshi o‘tkazadi. Darvoqe, ushbu tennischilar bundan ikki oy muqaddam Melburnda o‘tgan Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahsida to‘qnash kelgan edi va unda P.Kudermetova zafar quchgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Polina Kudermetova aynan Antaliya shahrida o‘tgan "Chellenjer" musobaqasida ishtirok etib, ikkinchi davraga qadar yetib borgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA