Tennis malikalarining bahsi qizg‘in o‘tmoqda
Poytaxtimizda tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida W15 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik bahslarida ikki tennischimiz ilk davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Nigina Abduraimova birinchi bosqichda neytral tennischi Darya Xomutsianskayani 7:5, 6:2, 7:5 hisobida yengdi va chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda yana bir boshqa neytral tennischi Yekaterina Reyngoldga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi. Shuningdek, yosh tennischimiz Sabrina Olimjonova koreyalik Jeong Mun bilan bahsda 6:2, 0:6, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi Sabrina ikkinchi davrada Varvara Panshinga qarshi kortga chiqadi.
Afsuski, Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimidan joy olgan ushbu turnirda Vlada Yekshibarova, Darya Shubina va Nigina Alimova kabi tennischilarimiz birinchi davrada mug‘labiyatga uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA