Tennis: Maksim Shin Misrda mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda
Misrda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M15 toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida mamlakatimiz sharafini Maksim Shin himoya qilmoqda.
“Sharm El Sheikh 12” musobaqasining yakkalik bahslarida Maksim Shin ilk uchrashuvini hindistonlik Muthu Aditiya Sentilkumarga qarshi o‘tkazdi. Ushbu o‘yinda tennischimiz raqibini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 1/8 finalda slovakiyalik Mixal Kraychiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Turnirning juftlik bellashuvlarida Maksim Shin yosh tennischimiz Damir Abdusamadov bilan tandem hosil qilgan holda chexiyalik Daniyel Blazka va ukrainalik Vadim Ursu bilan to‘qnash keldi. Afsuski, ushbu uchrashuvda tennischilarimiz 3:6, 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA