Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Layma Vladson Turkiya kortlarida porlamoqda
08:02 / 2026-02-06

Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha o‘tayotgan W15 tasnifidagi “Antalya 3 Women” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Layma Vladson chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Nufuzli musobaqada Layma Vladson dastlab italiyalik Jessika Bertoldoni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 1/8 finalda Germaniya vakili Leone Shuknextni 6:2, 6:0 hisobida ishonchli tarzda taslim etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, hamyurtimiz “Antalya 3 Women” turnirining yarim finaliga chiqish uchun 1/4 final bosqichida italiyalik Anastasiya Bertachchiga qarshi kortga chiqadi. Ta’kidlash joizki, 18 yoshli tennischimiz ayni paytda WTA reyting jadvalida 880-pog‘onada joylashgan. Uning bo‘lajak raqibasi esa 2 fevral holatiga ko‘ra, 705-o‘rinni egallab turibdi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA