Tennis: Kamilla va Mariya nufuzli turnir finaliga yo‘l oldi
Avstraliyaning Brisben shahrida tennis bo‘yicha WTA tomonidan tashkil etayotgan 500 toifasiga kiruvchi «Brisbane International» turnirning saralash bahslarida finalchilar ma’lum bo‘ldi.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischi Mariya Timofeyeva saralashning 1/2 finalida xorvatiyalik Antonia Ruzichni 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi M.Timofeyeva asosiy to‘rga yo‘llanma beruvchi saralashning final uchrashuvida belaruslik Aleksandra Sasnovichga qarshi kortga chiqadi.
Shuningdek, ayni damda O‘zbekiston ayollar tennisida birinchi o‘rinda borayotgan Kamilla Rahimova ushbu turnirning yarim finalida avstraliyalik Astra Sharmani 6:2, 6:2 hisobida yengdi va final bosqichida slovakiyalik Rebekka Shramkova bilan kuch sinashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA