Tennis: Kamilla Rahimova Fransiyada g‘alabaga erishdi
Fransiyaning Anje shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirda Kamilla Rahimovaning g‘alaba qozondi.
Joriy yil noyabr oyidan boshlab O‘zbekiston sharafini xalqaro sport maydonida himoya qilayotgan Kamilla Rahimova WTA 125 toifasidagi turnirning finalida germaniyalik Tamara Korpachni 6/3, 7/6(4) hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ikki soat 24 daqiqa davom etgan final o‘yinida g‘alaba qozongan Rahimova WTA reytingida 15-pog‘ona ko‘tarildi va 97-qatordan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA