Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Kamila Rahimova Ruminiyada g‘olib bo‘lishni maqsad qilgan
14:37 / 2026-02-04

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamila Rahimova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tkazilayotgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mahoratli tennischimiz ispaniyalik Tormo Sorribes bilan juftlik tashkil qilgan holda ilk bosqichda Xitoy Taypeyi vakillari Yi Cho va I-xsuan Cho duetini dastlabki setda 6:4, ikkinchi setda esa 6:2 hisobida taslim etdi. Endi Kamilla va Tormo keyingi davrada  sloveniyalik Kaya Xuvan va polshalik Maya Chvalinska bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Kamila Rahimova yakkalik bahslarda mezbon tennischi Sorana Kristyaga imkoniyatni boy bergan edi. Mazkur turnirning mukofot jamg‘armasi 283 ming 347 AQSH dollarini tashkil etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA