Tennis: Humoyun Sultonov finalga yo‘l oldi
Belgiyaning Dyuffel shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha M25 toifasidagi «Gonzalez Academy event» xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov final bosqichiga yo‘l oldi.
Turnir yakkalik bahslarining yarim finalida mamlakatimizning eng kuchli tennischisi Humoyun Sultonov finlyandiyalik Ero Vasani har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida yengdi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Endi H.Sultonov so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida avstriyalik Sandro Kopp bilan raqobatlashadi. Mazkur raqobat Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA