Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: G‘oliblikka da’vogarlar safida Nigina Abduraimova ham bor
10:29 / 2023-03-02

Bugun, 2 mart kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi “BeeTV 40 Womenʼs” turnirida hamyurtimiz Nigina Abduraimova rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga chiqadi.

Mukofot jamg‘armasi 40 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan mazkur turnirning kecha o‘tkazilgan birinchi bosqich bahslarida Abduraimova tailandlik Peangtarn Plipuyek bilan ro‘baro‘ keldi.  

3 soatdan ko‘proq vaqt davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz 6:7, 6:4, 6:4 hisobida raqibini dog‘da qoldirib, ikkinchi bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.  

Ushbu turnirning juftlik o‘yinlarida Nigina Abduraimova gruziyalik Yekaterina Gorgodze bilan tandemda qozog‘istonliklarga qarshi kortga chiqdi va 7:5, 4:6, 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.  

bugungi o‘yinda N.Abduraimova muvaffaqiyatli ishtirok etib, rossiyalik raketka ustasini tomoshabinlar safiga kuzatib qo‘ya olsa, final yo‘lidagi asosiy saralash o‘yinida yaponiyalik va moldovalik tennischi qizlar qarama-qarshiligining kuchlisi bilan duch keladi.  

Eslatib o‘tamiz, Ostonada o‘tayotgan turnirda 32 nafar raketka ustasi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA