Bugun, 3-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o‘tayotgan "Chellenjer" turnirining asosiy to‘r bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Sergey Fomin kortga chiqadi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fominga xalqaro turnirning ilk bosqichida neytral maqomda turnirda ishtirok etayotgan rossiyalik Petr Barbiryukov raqiblik qiladi.
Aytish lozim, 25 yoshli S.Fomin hozirda ATP reytingida 326-qatorda bo‘lsa, uning raqibi 24 yoshli Barbiryukov 298-o‘rinni egallab turibdi.
Shuningdek, ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan "Chellenjer" musobaqasida yurtimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qilib kelayotgan Polina Kudermetova ishtirok etmoqda.

Musobaqa dasturiga binoan WTA reytingida 148-o‘rinda borayotgan P.Kudermetova ertaga, 4-mart kuni turnirning asosiy bahsida o‘z ishtirokini boshlaydi.
Terma jamoamiz a’zosi ushbu turnirning 1/16 final bosqichida neytral maqomda musobaqada qatnashayotgan rossiyalik Alina Charayevaga qarshi bahs olib boradi. Rossiyalik raketka ustasi hozirda WTA reytingida 138-o‘rinni band etgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA