Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: “Devis kubogi”dagi raqibimiz Yaponiya jamoasi
17:13 / 2022-09-09

Bugun, 9 sentyabr kuni tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Devis kubogi”da Yaponiya jamoasiga qarshi o‘ynaydigan tarkibni e’lon qildi.

Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda "Devis Kubogi"ning birinchi bosqich o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz Yaponiya jamoasiga qarshi bahs yuritishi belgilangan.

Poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida kechadigan bellashuvlarda kun chiqar yurt raketka ustalariga qarshi o‘yinlarda terma jamoamiz murabbiyi Farruh Do‘stov yetakchiligidagi iste’dodli tennischilarimiz Sergey Fomin, Humoyun Sultonov, Denis Istomin, Sanjar Fayziyev va Maksim Shindan iborat tarkib yurtimiz sharafini himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA