Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: “Devis kubogi”dagi raqibimiz Gonkong terma jamoasi
12:11 / 2025-09-13

Bugun, 13 sentyabr kuni mamlakatimiz tennischilari “Devis kubogi” jahon guruhining II saralash bosqichi doirasida o‘tadigan pley-off bahslarining ilk o‘yinida Gonkong jamoasiga qarshi harakatlanadi.

Kecha o‘yinlarga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, bugun terma jamoamiz a’zosi Cyergey Fomin Gonkong vakili ATP reytingida 483-o‘rinda borayotgan Koulman Vong bilan, Humoyun Sultonov gonkonglik yosh tennischi S Fu Vong bilan kuch sinashadi.

Ertaga, 14 sentyabr kuni Chun Xun Vong/Koulman Vong va Sergey Fomin/Humoyun Sultonov juftligi hamda Koulman Vong(Gonkong) — Humoyun Sultonov(O‘zbekiston), S Fu Vong(Gonkong) — Sergey Fomin(O‘zbekiston) bahslari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Gonkong-O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinlari 3 ming 600 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan Gonkongdagi “Victoria Park Tennis Stadium” kortlarida bo‘lib o‘tadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA