23 iyun – Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zahiralari tennis maktabida O‘zbekiston tennis federatsiyasi ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy banki, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu sport tadbirida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan iborat O‘zbekiston terma jamoalari ko‘rgazma o‘yinlari bilan bir qatorda, Abdulaziz Usmonjonov, Zlata Chinnova, Shahzoda Ortiqboyeva, mashhur kibersportchi Shahruza Yakudza tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi.
[gallery-2902]
Ushbu tadbir mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan tennisni aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishini ta’minlash va ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish maqsadlarida tashkil etildi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida ishtirokchilar uchun ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.
Javohir TOSHXO‘JAEV,
A.Madaminov (surat), O‘zA