Yoz – o‘tmoqda soz
Ayni damda so‘lim go‘shalarda joylashgan oromgohlar bolajonlar bilan gavjum.
Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz shahrida joylashgan “Beruniy” sog‘lomlashtirish bolalar oromgohida bu yilgi mavsumda ham bolajonlar miriqib dam olmoqda.
Mavsum davomida 4 navbat asosida 2 ming nafarga yaqin bola sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, har bir navbatda 400 nafar bola dam olmoqda.
So‘lim tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohda bolajonlar uchun barcha sharoit yaratilgan bo‘lib, dam olish mobaynida o‘z sohasining tajribali mutaxassislari bo‘lgan tarbiyachilar tomonidan turli tanlovlar, musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ko‘ngilochar shoular, konsert dasturlari, qo‘g‘irchoq teatri va sirk tomoshalari ham bolajonlarga bir olam quvonch baxsh etmoqda.
[gallery-17834]
Oromgohda dam oluvchilarning vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sportga oshno qilish maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, futbol, kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan tashqari, rassomchilik to‘garaklari, chet tillari bo‘yicha tashkil etilgan kurslarda ham bolajonlar faol ishtirok etyapti.
- Biz bu yerda tengdoshlarim bilan mazza qilib dam olyapmiz, - deydi oromgoh dam oluvchisi Koson tumanilik Azizaxon Hamroqulova. - Bu yerning ovqatlari vitaminlarga boy. Bir-biridan qiziqarli to‘garaklar ham tashkil qilingan va ularda ishtirok etib vaqtimizni chog‘ o‘tkazyapmiz. Qolaversa, bu yil ham yangi do‘stlar orttirdim. O‘tgan yili tanishgan do‘stlarim bilan yana ko‘rishdim. Jamoadoshlarimiz bilan birga turli musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelyapmiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SnYfR2sz5fY?si=nvJu1WbdxV7n7KCq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari