Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Teng imkon - inklyuziv bandlik" dasturini amalga oshirish orqali 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlanadi
13:25 / 2026-01-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Unga muvofiq, "Teng imkon - inklyuziv bandlik" dasturini amalga oshirish orqali 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlanadi. 

2026 yil 1 fevraldan boshlab "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va Kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi. Bunda: 

a) Ijtimoiy reyestr - "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi; 

b) Ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, "davlat ta’minotidagi oila", "kambag‘al oila" va "kambag‘allik chegarasidagi oila" toifalariga ajratiladi. 

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning toifalarini belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi: 

a) oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan mazkur Farmondagi ro‘yxatda belgilangan oilalar "davlat ta’minotidagi oila" toifasiga kiritiladi;

b) oila a’zolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar "kambag‘al oila" toifasiga kiritiladi; 

v) oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan quyidagi oilalar "kambag‘allik chegarasidagi oila" toifasiga kiritiladi:

"davlat ta’minotidagi oila" yoki "kambag‘al oila" toifalaridan chiqarilgan oilalar; 

"mahalla yettiligi"ning tavsiyasi asosida mazkur Farmonda belgilangan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila deb topilgan oilalar. 

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ularning toifasidan kelib chiqib taqdim etiladi. 

O‘zA