Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temuriylar merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
15:55 / 2025-11-11

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Buyuk Temuriylarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi va Uchinchi Renessans” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada olimlar va yoshlar ishtirok etdi. 

Unda so‘zga chiqqanlar Amir Temur hamda temuriylarning ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va davlat boshqaruvi sohalari rivojiga qo‘shgan hissasi, beqiyos merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, Uchinchi Renessans g‘oyalarini hayotga tatbiq etish borasidagi zamonaviy yondashuvlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiyot, ilm-fan, san’at, madaniyat gullab-yashnagan. Bu davr esa ikkinchi Renessans deb baholangan. O‘sha davrda san’at va adabiyotda, xususan, me’morchilikda katta yutuqlarga erishilgan. 

Tarixchilarning yozishicha, Amir Temur ajoyib bog‘-rog‘li muhtasham inshootlar barpo etgan, shahar va qishloqlarni tiklagan. Sug‘orish tizimlari barpo qilinib, ta’mirlangan. Uning ishlarini temuriyzoda Mirzo Ulug‘bek ham davom ettirib, madrasalar va kutubxonalar qurdirgan. Hozirgi kungacha u tomonidan bunyod etilgan rasadxona dunyo olimlarini lol qoldirib kelmoqda.

[gallery-26176]

Tadbir davomida Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, professor Muhammad Ali tomonidan universitetning bir guruh olim va tadqiqotchilariga “Amir Temur” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va noyob tarixiy kitoblar taqdim etildi. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari