Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Temurbeklar maktabi”da o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi
19:12 / 2024-09-04

FOTOREPORTAJ

Farg‘onadagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yangi o‘quv yili o‘zgacha ruhda boshlandi. O‘quv yilining ilk kunida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov o‘quvchilar bilan suhbatlashib, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”ni o‘tkazdi.

[gallery-19114]

Dars davomida yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yillar mobaynida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda erishgan ulkan yutuqlari haqida so‘z yuritildi. Oliy harbiy bilim yurtlari, ularda yaratilgan sharoitlar haqida ham ma’lumotlar berilib, mazkur “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining erishib kelayotgan yutuqlariga urg‘u berildi. Shuningdek, bugungi kunda Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuqlar haqida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Joriy yilda 300 dan ziyod yurt himoyasiga bel bog‘lagan o‘quvchilar yangi bilim ko‘nikmalarni olishga kirishdilar.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA