Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temur: yuksalish va hukmronlik yo‘li (+video)
15:52 / 2026-03-05

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Buyuk temuriylar tarixi va madaniy merosi” loyihasi doirasida “Temur: yuksalish va hukmronlik yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir milliy davlatchilik an’analarini chuqur o‘rganish, tarixiy merosni ilmiy asosda tadqiq etish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish, shuningdek, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Sohibqiron merosi bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi ekanini alohida qayd etildi. Mazkur asar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy davlatchilik g‘oyalariga sadoqat va tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashdi.  

Shuningdek, ma’ruzachilar mazkur asar milliy davlatchilik tarixi va strategik tafakkur an’analarini o‘rganishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilishini ta’kidladilar. “Temur: yuksalish va hukmronlik yo‘li” asarida Sohibqironning markazlashgan davlat barpo etish siyosati, boshqaruv tizimi, harbiy-siyosiy faoliyati hamda temuriylar davridagi madaniy yuksalish jarayonlari tarixiy manbalar va ilmiy tahlillar asosida bayon etilganligi tadbir davomida o‘z tasdig‘ini topdi. Asarda Temuriylar davlatchilik maktabi, strategik fikrlash an’analari va milliy yuksalish g‘oyalarining tarixiy ildizlari tizimli ravishda tahlil qilingan.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga muallif va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan mazkur kitob taqdimoti milliy tarixiy xotirani mustahkamlash, davlatchilik merosini chuqur anglash va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TPBq-X-hZGw" title="Temur: yuksalish va hukmronlik yo‘li" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA