Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Temur. Yuksalish va hukmronlik yo‘li” asari taqdimot qilindi
13:23 / 2026-03-06

Buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda, turli davra suhbatlari, ilmiy anjuman va kechalar tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida amerikalik tarixchi olim Beatris Forbs Mens qalamiga mansub “Temur. Yuksalish va hukmronlik yo‘li” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur asarni chop etish tashabbuskori bo‘lgan ijodiy guruh vakillari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari va kursantlar ishtirok etdi.

Mazkur kitobda Sohibqiron Amir Temurning siyosiy maydonga chiqishi, markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi murakkab jarayonlar, harbiy yurishlarining strategik asoslari hamda temuriylar saltanatining keyingi taqdiri chuqur ilmiy tahlil asosida yoritilgan.

Tadbirda so‘z olganlar buyuk ajdodimiz tavalludining 690 yilligi munosabati bilan nashrdan chiqarilgan asar Amir Temur shaxsiyati va temuriylar davrini chuqur o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

[gallery-28003]

Taqdimotda asar muallifining ilmiy faoliyati, kitobni keng ommaga havola etishgacha bo‘lgan ijodiy jarayonlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, temuriylarga munosib avlod bo‘lib yetishayotgan kursantlar ham so‘zga chiqib, Amir Temurning zakiyligi hamda uning faoliyatiga oid ushbu kitob haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.

Muhtarama Komilova,

Oybek Pardayev (surat), O‘zA