“Temur tuzuklari” bilimdonlari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida Amir Temur tavalludining 688-yilligiga bag‘ishlab huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimidagi yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” intellektual tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 7260-harbiy qism harbiy xizmatchisi Mansur Rajabov birinchi, 11-Tergov hibsxonasi xodimi Shohruh Qurbonboyev ikkinchi, Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Zahriddin Saparov uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-16845]
G‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA fotomuxbiri