French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temur Kapadze: terma jamoadan ketdim (+video)
19:53 / 2025-11-10

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi va keyin yordamchi murabbiyi bo‘lib ishlagan Temur Kapadze terma jamoadan ketdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Temur Kapadze rahbariyatga lavozimidan ozod etish to‘g‘risida rasmiy murojaat yo‘llagan va bu qarorning sababi — bosh murabbiy sifatida faoliyatni davom ettirish istagi bo‘lgani aytilgan.  

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze 2025 yilning yanvaridan 6 oktyabrgacha milliy terma jamoani boshqargan. Bu muddat ichida u 9 ta o‘yin o‘tkazib, 5 g‘alaba va 4 durang natijasini qayd etgan. Temur Kapadze boshchiligida O‘bekiston milliy terma jamoasi ilk bor JCH final bosqichiga yo‘llanma va CAFA xalqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil video davomida:

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/r_FBHbdalW8?si=tTXwTUqwIG9ulb7_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamoliddin Bobojonov, Yoqub Meliboyev, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA