Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi «A» guruhida ishtirok etmoqda.
Guruhimizda Eron 20 ochko bilan birinchi o‘rinda va Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘ldi. Hamyurtlarimiz 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘ringa 13 ochko bilan Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi joylashgan. Keyingi o‘rinda Qatar. So‘nggi Jahon chempionati mezbonlarida 10 ochko bor.
O‘zbekistonning saralash doirasida yana ikkita o‘yini qoldi: 5 iyun kuni BAA bilan safarda, 10 iyun kuni esa Qatar bilan o‘z maydonida. Jamoamiz Jahon chempionatiga chiqishi uchun BAA bilan kamida durrang o‘ynashi yoki Qatarni mag‘lub etishi yetarli bo‘ladi.
Ikki muhim o‘yin oldidan Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze muxbirimiz savollariga javob berdi. Bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonlari, futbolchilarimizning ruhiy va jismoniy holati, raqiblarning o‘yin uslubi va boshqa mavzular haqida batafsil o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
To‘liq suhbatni O‘zAning YouTube tarmog‘ida ko‘rishingiz mumkin
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DzjF3lqP248" title="Temur Kapadze: "Ko‘p faktorlar bizga qarshi, lekin biz maqsadimiz sari kurashishga tayyormiz!"" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamoliddin Bobojonov, Yoqub Meliboyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA