Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temur Kapadze dunyoning TOP-10 murabbiyidan biri
13:55 / 2025-12-30

Xalqaro Futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze milliy jamoalar bilan ishlaydigan eng yaxshi mutaxassislar ro‘yxatida sakkizinchi o‘rin bilan siyladi.

Temur 10 ball ovoz to‘pladi va Kolumbiya terma jamoasi murabbiyi Nestor Lorenso bilan juftlikda 8-o‘rinni egalladi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente nufuzli reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerak, Xalqaro Futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) jahon futbolida FIFAdan keyingi eng nufuzli tashkilot hisoblanadi.

Jamoliddin Bobojonov, O‘zA