Yurtimizda turli sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda. Natijada shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi yaqqol sezilmoqda.
Bu jarayondan temiryo‘l sohasi ham chetda qolmayapti. «Temiryoʻlkargo» aksiyadorlik jamiyatida ham raqamlashtirish jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda. Jamiyat faoliyatini yanada shaffof va ochiq qilish maqsadida vagonlarni foydalanishga berish xizmati bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Ushbu qo‘llanma orqali mijozlar bilan hamkorlik jarayonlari soddalashtirildi va tizimli asosga qo‘yildi. Eng muhim yangiliklardan biri sifatida mahalliy yo‘nalishlarda vagonlardan foydalanish narxini hisoblaydigan maxsus onlayn kalkulyator ishlab chiqildi.
Mazkur xizmat (https://e-nakl.railway.uz/) yagona darcha platformasiga joylashtirilib, keng jamoatchilik uchun foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu orqali mijozlar o‘zlari qiziqqan xizmat narxlarini mustaqil ravishda bilishlari mumkin. Ushbu qadam nafaqat shaffoflikni ta’minlaydi, balki ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotishlarni ham kamaytiradi.
«Temiryoʻlkargo» AJ o‘z mijozlari uchun qulay narxlar, tezkor xizmat ko‘rsatish va ishonchli hamkorlik kabi ustuvorliklarni taklif qilmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi – mijozlarning yuklarini belgilangan manzilga o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib berishdir. Shu bois jamiyat nafaqat mahalliy, balki xalqaro yo‘nalishlarda ham ishonchli sherik sifatida obro‘ qozonmoqda.
Mijozlar o‘zlariga qulay bo‘lgan aloqa kanallari orqali «Temiryoʻlkargo» AJ bilan bog‘lanishlari mumkin.
Elektron pochta: info@utycargo.uz
Telefon: +998 (55) 515-05-00
«Temiryoʻlkargo» AJ zamonaviy yechimlar orqali mijozlar ishonchini qozonayotgan va yuk tashish sohasida yangi imkoniyatlar yaratayotgan kompaniyadir.
Reklama huquqi asosida