Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temiryo‘l – sanoatning po‘lat karvoni
17:42 / 2023-07-19

Temiryo‘l transporti mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu uning ko‘p qirraliligi, ya’ni, yilning istalgan vaqtida aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini ta’minlash, uzoq masofalarga katta hajmdagi yuk tashish samaradorligi, nisbatan yuqori tezlik, ishonchlilik va xavfsizlik, yuk tashish tannarxining arzonligi bilan izohlanadi.

"Navoiyuran" davlat korxonasi ham o‘z faoliyati davomida zarur bo‘ladigan mahsulotlar, xususan, kimyoviy moddalar va boshqa xalq xo‘jalik tovarlarini tashishni temir yo‘l orqali amalga oshiradi. Bugungi kunda korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan yuk tashish, vagon va lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda.  

– Temir yo‘l transporti sexining asosiy ish faoliyati uran qazib olish geotexnologik konlariga kimyoviy mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish, mahsulotni uran ishlab chiqarish zavodiga o‘z vaqtida tashib berish va tayyor mahsulotni reja asosida manzillarga jo‘natishdan iborat, – deydi Navoiyuran” DK transport bo‘limi boshlig‘ining temir yo‘llar bo‘yicha o‘rinbosari Z.Nurnazarov. – Ayni paytda “Navoiyuran” DK temir yo‘l sexi tasarrufida 19 kilometr temir yo‘l, 4 ta lokomotiv va 275 ta vagon-sisternalar mavjud. Joriy yilda 8,5 million tonna/kmdan ziyod yuk tashish rejalashtirilgan bo‘lib, 6 oy davomida yuk aylanmasi rejasi 4 million 524 ming 145 tonna/kmga bajarildi.  

Darhaqiqat, Prezidentimizning 2022 yil 14 iyuldagi “2022 - 2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi ham ortib bormoqda. 

– Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida samarali bajarish maqsadida “Navoiyuran” davlat korxonasi tashkil etilganidan buyon sulfat kislota tashish uchun 92 dona sisterna-vagonlar sotib olindi, – deydi Z.Nurnazarov. – 2023 yil oxirigacha ushbu rusumdagi yana 41 ta sisterna-vagonlari, tayyor mahsulotlarni tashish uchun 11 sisterna va TEM 18DM seriyali manyovr lokomotivi xarid qilish rejalashtirilgan. 2030 yilga kelib teplovozlar sonini 6 taga, vagonlar sonini esa 700 taga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.  

Joriy yilda korxonaning 93 nafar mutaxassisdan iborat temiryo‘lchilar jamoasi ichki imkoniyatlarni ishga solib, 63 ta vagonni depoda, 9 ta vagonni kapital, 2 ta teplovoz joriy, 1 ta teplovoz va 270p/m temir yo‘lni kapital ta’mirlashdi.  

Hozirda Markaziy moddiy-texnika bazasi hududida "Texnik ko‘rikdan o‘tkazish va vagonlarni ta’mirlash" punkti qurilishi loyihasi ishlab chiqilmoqda.  

Ushbu ob’ektning qurilishi poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, vagonlar ta’mirini mustaqil ravishda amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, 18 ta yangi ish o‘rini yaratiladi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA