Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq 4452 ta xavfsizlikka tahdid soluvchi kamchilik aniqlangan
17:21 / 2022-08-02

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘ztemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinovning ma’lum qilishicha, «O‘ztemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi tomonidan Toshkent-Samarqand-Qarshi-Kitob, Maroqand-Buxoro uchastkalaridagi tezyurar va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakat xavfsizligi ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qayd etilishicha, inspeksiya tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida jami 107 ta korxona va tashkilotlarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tekshirishlar natijasida jami 9837 ta kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, shundan xavfsizlikka tahdid soluvchi kamchiliklar soni 4 ming 452 tani tashkil etgan.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlariga taqiqlovchi choralarni belgilovchi 104 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan. 2022 yilning 6 oyi davomida jami 304 ta temir yo‘li, 113 ta lokomotiv, 941 ta yuk va yo‘lovchi vagonlari nosozligi yoki foydalanish muddati o‘tganligi aniqlanib, harakati to‘xtatilgan.

Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, vazirlik va idoralarga qarashli temir yo‘llarda yo‘l qo‘yilgan temir yo‘l tashishlari xavfsizligi buzilishlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligi buzilishlari 23 ta holatda harakatdagi tarkib va texnik vositalarning texnik nosozliklari, 11 ta holatda «inson omili»ning salbiy ta’siri sababli yuzaga kelgan.

Inspeksiya tomonidan 6 ta temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlashga oid normativ-huquqiy hujjat va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan, bo‘lib ayni paytda mazkur loyihalar qabul qilish uchun kiritilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA