FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh temir yo‘l atrofida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Pop tumanidagi "Qo‘shminor" stansiyasidan boshlangan o‘rganishlarda asosan g‘o‘za parvarishi bo‘yicha "Zarbdor 60 kunlik" doirasidagi agrotexnik tadbirlar, takroriy ekin ekish va parvarishi, dala chetlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ishchi guruh tumandagi "Asilbek Suhrobbek Marg‘izor" fermer xo‘jaligi dala maydonida to‘xtab, kultivatsiya, o‘g‘itlash, chekanka tadbirlarining bajarilishi sifatini ko‘zdan kechirdi.
[gallery-24486]
Jarayonda g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin yetishtirishga alohida e’tibor qaratilib, kartoshkachilik, sabzi yetishtirishga mo‘ljallangan yerlardagi amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.
Chust tumanidagi "Jo‘raboy ota G‘aybullayev" fermer xo‘jaligida to‘xtagan ishchi guruh g‘o‘za parvarishi bo‘yicha "Zarbdor 60 kunlik" doirasidagi agrotexnik tadbirlar sifatiga e’tibor qaratdi.
Viloyat hokimi g‘o‘zani g‘ovlatib yubormaslik, chekankani sifatli o‘tkazish, qator oralariga havo kiritish choralarini ko‘rish, texnikadan samarali foydalanish lozimligini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA