Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temir yo‘l sohasi rivoji doimiy e’tiborda
17:58 / 2015-12-30

Poytaxtimizda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan temir yo‘l transportini yanada rivojlantirishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Poytaxtimizda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan temir yo‘l transportini yanada rivojlantirishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Prezidentimiz Islom Karimovning Konstitutsiya bayramidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan mazkur yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiya a’zolari, partiya faollari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi S.Otamurodov va boshqalar oilaviy tadbirkorlikning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish va bu boradagi qonunchilik tashabbuslarini ilgari surishga partiya munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim tarmog‘i hisoblangan temir yo‘l tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yo‘lovchi va yuk tashishning eng zamonaviy talablar darajasida tashkil etilishi, qolaversa, temir yo‘l parkini eng zamonaviy lokomotivlar va har tomonlama qulay vagonlar bilan yangilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Toshkentdan Samarqand shahriga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilning 22-avgustidan mazkur yo‘nalish Qarshi shahrigacha uzaytirildi. Ilgari yo‘lovchi tashuvchi poyezdlar Toshkent-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha 511 kilometrlik yo‘lni olti soatda bosib o‘tgan bo‘lsa, hozir yo‘lga ketadigan vaqt uch soatga qisqardi. Yangi yilda bu tezyurar poyezdlarning Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Farg‘ona vodiysini boshqa viloyatlar bilan tutashtiruvchi “Qamchiq” dovoni orqali Angren-Pop temir yo‘l liniyasining o‘tkazilishi bu boradagi ishlarning ko‘lami nechog‘li keng ekanining yana bir isbotidir.

Davra suhbatida mamlakatimizda temir yo‘l sohasini rivojlantirishga oid qonunlar, farmon va qarorlar hamda sohaga doir davlat dasturlarining joylardagi ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi hamda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarining ishtirokini kuchaytirish, bu borada parlament hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.