Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Temir odamlar” ishchi kuchini qisqartirishi mumkin
15:45 / 2026-01-22

Janubiy Koreyada “Hyundai Motor” kompaniyasining kasaba uyushmasi 2028 yildan foydalanish rejalangan humanoid robotlardan foydalanmaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, “Atlas” odamsimon roboti modeli yaqinda Las-Vegasdagi “Consumer Electronics Show”da namoyish etildi. Kompaniya 2028 yilda yillik 30 mingta robot ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik, “temir odamlar”dan barcha ishlab chiqarish maydonlarida foydalanish ko‘zda tutilgan.

Kasaba uyushmasi esa kompaniyani robotlar orqali ishchilar sonini kamaytirib, foydani oshirishga urinayotganlikda aybladi. Shuningdek, ular kompaniyaning AQSHga ishlab chiqarishni ko‘chirish rejasini tanqid qilib, bu Koreyadagi zavodlarda ish xavfsizligiga tahdid solishini qayd etdi.

“Hyundai Motor” hozircha bu masala bo‘yicha izoh bermadi. Kompaniya va uning sho‘’ba korxonasi “Kia” dunyoda uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lib, Jorjiya zavodi 2028 yilga kelib yillik 500 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA