Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Temir daftar”ga kiritilgan 48 mingga yaqin fuqaro ishga joylashtirildi
18:18 / 2020-12-19

Namangan viloyati sessiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, viloyat bo‘yicha 34 ming 761 ta ehtiyojmand oilaning 47 ming 858 nafar mehnatga layoqatli a’zolari “Temir daftar”ga kiritilgan.

Hozirda ehtiyojmand oilalarning 27 ming 58 tasi yoki 78 foizi hududlardagi tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlari asosida ehtiyojmand oilalar ro‘yxatidan chiqarildi. 

[gallery-513]

bugungi kungacha 34 ming 761 ta oiladagi 47 ming 797 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

Shuningdek, “Temir daftar”dagi oilalarga koronavirus pandemiyasi salbiy ta’sirini yumshatish, moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 91,9 milliard so‘mlik moddiy yordam pullari va zarur mahsulotlar tarqatildi.

Jumladan, “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida 49,4 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan

Nurillo NASRIEV, O‘zA