Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Temir daftar”dagi oilalarning farzandlari oromgohda dam oldi
17:54 / 2022-08-01

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi va tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan bolalarning yozgi dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlariga homiylik yordami ko‘rsatildi.

Jumladan, viloyat mahallalarida “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 70 nafar farzandlarining shahardan tashqaridagi doimiy oromgohlarda hordiq chiqarishi uchun 33 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 

– Tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, sport o‘yinlari va musobaqalar, yangi do‘stlar bilan muloqot, turli tanlovlarda ishtirok etish – yozgi ta’tilning eng zavqli onlari, – deydi fondning viloyat bo‘limi raisi Akbar Axtamov. – Lekin bu imkoniyat hammada ham bo‘lmaydi. 

Shu sababli mahalla fuqarolar yig‘inlarining takliflari va ota-onalarning istaklari asosida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlariga bu imkoniyatni yaratib berishga qaror qildik. Bu ham ushbu oilalarga oz bo‘lsa-da quvonch ulashdi, bolajonlarning ta’til paytini mazmunli o‘tkazishiga turtki bo‘ldi. 

Ayni paytda fond Samarqand viloyat bo‘limi yangi o‘quv yili oldidan ijtimoiy daftarlardagi oilalar farzandlariga o‘quv qurollari va maktab formalari sovg‘a qilish bo‘yicha ro‘yxatlarni shakllantirmoqda. 

G‘.HASANOV, O‘zA