O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq Toshkent viloyatida “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Vaqtinchalik tartibi” ishlab chiqilgan.
Qisqa muddatda ushbu tizim orqali viloyat bo‘yicha 50 ming 631 ta yordamga muhtoj oilalar va ulardagi 210 ming 604 nafar aholi haqidagi ma’lumotlar “saxovat.argos.uz” elektron dasturiga kiritildi. Olib borilgan manzilli ishlar natijasida tuman va shahar xalq deputatlari kengashi qarorlari asosida jami 46 ming 103 ta oila “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan. Hozirda 4 ming 528 ta oila ehtiyojmand oila ro‘yxatidan joy olgan.
“Temir daftar”dagi oilalarning 53 ming 51 nafari mehnatga layoqatli ishsiz oila a’zolari o‘zi ishlashni istagan faoliyat turlari bo‘yicha aniqlab olindi hamda bandligi ta’minlandi. O‘z navbatida “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish imkoni bo‘lgan 1 ming 905 ta oila vakillarini tadbirkorlikka o‘qitgan holda imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 299 ta, qishloq xo‘jaligida 0,1-1,0 gektar yer maydoni ajratish hisobiga 431 ta, hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalardagi yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga joylashtirish hisobiga 447 ta, subsidiya ajratish orqali 425 ta, o‘zini-o‘zi band qilish orqali 303 nafar fuqaro “Temir daftar”dan chiqariladi.
A.Musayev, O‘zA