O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
mexanik, nurlanish, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi, portlashdan himoyalangan uskunalarga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, muvofiqlikni sertifikatlashtirish orqali mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash hamda muvofiqlikni deklaratsiyalash shaklida mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash sxemalarini nazarda tutuvchi Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament;
Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Texnik reglament telekommunikatsiyalar uskunalari xavfsizligiga doir qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.
Reglament muomalaga chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan quyidagi telekommunikatsiyalar uskunalariga nisbatan qo‘llanadi:
ishlab chiqarilgan mamlakatidan qati nazar, ilgari foydalanilmagan, yangi;
modernizatsiya qilinganidan so‘ng foydalanishda bo‘lgan;
foydalanilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan.
Ushbu Texnik reglament quyidagi telekommunikatsiyalar uskunalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat mudofaasi, xavfsizlik va huquq-tartibotni ta’minlash manfaatlarida foydalaniladigan hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining maxsus texnik vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali tranzit o‘tadigan, bojxona nazoratida va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan butun davri davomida foydalanilmaydigan telekommunikatsiyalar uskunalariga.
O‘zA