Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telekommunikatsiya tarmog‘iga noqonuniy ulangan jinoiy guruh aniqlandi
19:18 / 2021-06-28

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazildi.

Natijada Buxoro Tibbiyot instituti talabasi G‘ijduvon tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro N.N., mahalladoshi Buxoro davlat universiteti talabasi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.E. va uning kursdoshi G‘ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro H.F. lar bilan bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirganliklari ma’lum bo‘ladi.

Aniqlanishicha, yuqoridagi fuqarolar noqonuniy daromad olish maqsadida o‘zlari vaqtinchalik istiqomat qilib kelgan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasidagi ijara uyida o‘zlariga tegishli bo‘lgan “Redmi 6A”, “Redmi Note 9”, “Samsung A11” rusumli uyali aloqa vositalari xotirasiga xalqaro trafiklarni noqonuniy o‘tkazish uchun foydalaniladigan “SimCash” dasturini o‘rnatadi. 

Natijada xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish jinoyatini sodir qilganliklari aniqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar N.N., A.E. va H.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 2787-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA