“Telegraph”: Jonson NATOning navbatdagi Bosh kotibi bo‘lishi mumkin
Kelasi yil sentyabr oyida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg lavozimini tark etgach, uning o‘rnini Buyuk Britaniya hukumatining iste’foga chiqqan raisi Boris Jonson egallashi mumkin. Bu haqda “The Daily Telegraph” xabar berdi.
Nashr yozishicha, yuqori martabali insonlar Shimoliy alyans rahbari o‘rnini egallashda Boris Jonsonni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Avvalroq ushbu lavozimga Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles, shuningdek, mazkur davlatning sobiq Bosh vazirlari Tereza Mey va Devid Kemeron nomzodi bashorat qilingan edi.
“Yevropa Ittifoqida yangi armiya yaratish rejasini qayta-qayta e’lon qilayotgan yevropalik siyosatchilarga AQSHning ishonchsizligi tufayli Britaniya vakili anchadan beri NATO Bosh kotibi lavozimiga taklif qilinmoqda”, deya ta’kidladi gazeta.