Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telegraph: Britaniya Yevropa mamlakatlarini Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordamni qisqartirmaslikka chaqirmoqda
12:53 / 2022-08-24

Britaniya diplomatlari Yevropa mamlakatlari poytaxtlariga jo‘nashmoqda.

Safardan maqsad narxlar oshayotgan sharoitda ularni Kiyevga ko‘rsatayotgan yordamlarini qisqartirmaslikka ko‘ndirishdan iborat, deb yozmoqda Telegraph gazetasi. 

"Birlashgan Qirollik diplomatlari Yevropa poytaxtlariga safar qilmoqda, maqsad ularni Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam qisqartirilmaslik kerakligiga ishontirish", – deyiladi xabarda. 

Londonning xavotir olishicha, Yevropa mamlakatlari tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam narxlar oshishi sharoitida yetarli bo‘lmay qolishi mumkin. 

Yevropa Ittifoqining yuqori lavozimli mulozimlari kuzda yoki qish boshlanishida keskin o‘zgarish bo‘ladi va natijada aholining Ukrainaga yordam borasidagi pozitsiyasi o‘zgarishidan xavotir olmoqda. Ta’kidlanishicha, NATO blokining ayrim mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga urinmoqda.