Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Telegram»da moliyaviy piramida tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi
11:02 / 2023-04-01

IIV Kiberxavfsizlik markazidan ma’lum qilishlaricha, «Telegram» messenjerida moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan.

U «Hadya berib hadya oling», deb nomlangan guruh tashkil qilib, «pullarni 2 barobar ko‘paytirib beramiz», degan va’dalar bergan.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 31 yoshli K.M. ushbu guruhga a’zo bo‘lib, «pul ko‘paytirib berilishi» va’dasiga ishonib, 28 million so‘m pulini noma’lum shaxs plastik kartasiga o‘tkazib bergan.

Aldanganini bilgach esa ichki ishlar organiga murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi 29 yoshli X.D. sodir etgani aniqlandi.

U Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, ushbu jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

O‘zA