French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telegram Rossiyada eng ommabop messenjerga aylandi
09:36 / 2026-03-06

Ayrim cheklovlar joriy etilganiga qaramay, 2026-yil yanvar oyida Rossiyada "Telegram" eng ommabop messenjerga aylandi. Foydalanuvchilar soniga ko‘ra, bu tarmoq ilgari bloklangan "WhatsApp"ni ortda qoldirdi.

"Okkam" tahlilchilari "Mediascope" ma’lumotiga tayanib aytishicha, yangi yilning dastlabki oyida "Telegram"ning faol auditoriyasi 95,9 million kishini qamrab olgan. Bu haqda "Forbes Russia" nashri yozdi. Shu davrda "WhatsApp" foydalanuvchilari 89,4 million nafarni tashkil etdi.

Fevral oyida "Roskomnadzor" tomonidan cheklov kuchaytirilgach, Pavel Durov asos solgan tarmoq obunachilari 286 000 ga kamaydi. "WhatsApp"da pasayish ancha sezilarli: auditoriya bir oy ichida 9,1 million qisqargan.

Rossiyada davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan VK korporatsiyasiga qarashli "Max" messenjeri uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Fevral oyida ushbu platforma foydalanuvchilari 73,7 milliondan 77,5 milliongacha ko‘paydi.

Mutaxassislar fikricha, "Telegram" faoliyatini sekinlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar messenjer qamroviga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan. Ya’ni, mazkur tarmoqqa kiruvchilar atigi 2 foiz kamaygan, xolos.

Darvoqe, joriy yil 1-apreldan "Telegram" Rossiya hududida to‘liq taqiqlanishi mumkin. Faqat Ukrainadagi harbiy harakat hududida aloqani muvofiqlashtirish uchun ayrim istisnolar saqlanib qolishi kutilyapti. Bunday qaror qabul qilinsa, foydalanuvchilar mahalliy "Max" messenjeriga o‘tishi yanada tezlashishi mumkin.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA